Yangilik
9
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey Umumta’lim fanlari kafedrasining ilmiy darajali o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Radjabova Munisa Baxtiyor qizi ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, pedagogika sohasining nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, yuksak ilmiy salohiyati hamda fidokorona pedagogik faoliyati natijasida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur yuksak ilmiy natija ustozning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, izchil ilmiy izlanishlari hamda kasbiy mahoratining e’tirofidir. Ushbu muvaffaqiyat akademik litsey jamoasi uchun ham katta faxr va quvonch bag‘ishlaydi.
Radjabova Munisa Baxtiyor qizini ushbu ulkan ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ustozga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar, yangi ilmiy kashfiyotlar, istiqbolli tadqiqotlar hamda mamlakatimiz ilm-fani va ta’limi ravnaqiga qo‘shadigan hissasida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!