Biz haqimizda

Litsey haqida

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

2013 yil 28 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan.

Akademik litseyda ta’lim jarayoni bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, unda “Ijtimoiy-gumanitar” yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Akademik litseyning ichki quvvati 540 o‘ringa mo‘ljallangan. 28 ta o‘quv xonalari, sport zali, sport ochiq maydoni, 2 ta kompyuter o‘quv xonalari, 2 ta laboratoriya xonalari mavjud va ular to‘liq jihozlangan.

O'qituvchi-pedagoglar 60 nafar

0
Fan nomzodi
0
Bosh o'qituvchi
0
Yetakchi o‘qituvchi
0
Katta o‘qituvchi
0
Oliy ma'lumotli