AKADEMIK LITSEY MODDIY-TEXNIK BAZASI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR

Аkademik litseyning o’quvchilarni qabul qilish bo’yicha ichki quvvati 540 o’ringa mo’ljallangan.

Jami 28 ta o’quv xonalari, sport zali, sport ochiq maydoni, 2 ta kompyuter o’quv xonalari, 3 ta laboratoriya xonalari mavjud.

Akademik litseyda yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida yordamchi binoda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, bunda zamonaviy kutubxona, namunaviy sud zali va barcha qulayliklarga ega litsey oshxonasi tashkil etildi.

Shuningdek, ushbu binoning issiqlik tizimi tubdan yangilandi, yordamchi binoda eskirgan va yaroqiz holga kelgan tovar-moddiy boyliklar utilizatsiya qilinganligi, bundan tashqari akademik litseyning ma’muriy binosida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

Yong‘in xavfsizligi qoidariga rioya etish yuzasidan akademik litseyning o‘quv va yordamchi binolarida yong‘indan xabar beruvchi uskunalarni o‘rnatish va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun davlat xaridlari elektron tizimi orqali shartnoma rasmiylashtirib, yong‘indan xabar beruchi uskunalar yangisiga almashtirildi hamda joriy ta’mirlandi.

Akademik litseyning barcha o‘quv xonalariga 20 dona zamonaviy sensor doskali smart monitorlari, shuningdek rahbariyat hamda pedagog- xodimlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi zamonaviy kompyuter texnika vositalari o‘rnatildi.

Bundan tashqari akademik litsey o‘quvchilari sport turlari bilan doimiy shug‘ullanishlari uchun kerakli sport anjomlari (stol tennisi, raketkalar, futbol, voleybol, basketbol to‘plari, o‘quvchi formasi va boshqalar) xarid qilingan.