RUSTAMBEKOV ISLAMBEK RUSTAMBEKOVICH

Direktor

Rustambekov Islambek Rustambekovich 1985-yil 15-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma‘lumoti oliy, yuridik fanlar doktori, professor.

2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan va shu yildan universitet aspiranti bo‘lgan.

Mehnat faoliyatini u 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutining Xalqaro xususiy huquq kafedrasida o‘qituvchilikdan, keyinchalik katta o’qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.

2013–2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida “Xalqaro tijorat huquqi” va “Biznes huquqi” kafedralarida kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 2015 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.

2017–2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi kafedrasi mudiri sifatida ishlagan.

2018-2019 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat olib borib O’zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro arbitrajlarda ishtirok etib davlat manfaatlarini himoya qilgan.

2018 yilda respublika yosh olimlar tanlovida ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Uning ilmiy rahbarligida ikki nafar Prezident stipendiyasi, 1 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendianti va 1 nafar PhD sohiblari tayyorlangan.

I.Rustambekov o’zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Germaniya, Fransiya, Singapur, Rossiya va AQSH oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba almashgan, xususan 2017 yilda Germaniyaning Maks Plank nomidagi Qiyosiy va xalqaro xususiy huquq instituti granti asosida ilmiy tadqiqot olib borgan, 2018 yilda Singapur xalqaro nizolarni hal qilish akademiyasida malaka oshirgan. 2018-2019 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasining Uchinchi ishchi guruhida O’zbekiston nomidan ishtirok etgan va mamalakatimiz manfaatlarini bayon qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 19.09.2019-yildagi №224-sht-son buyrug‘iga binoan Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 14.12.2020-yildagi №669-sht-son buyrug’iga binoan Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv ishlari bo’yicha prorektori – Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey direktori lavozimiga tayinlangan.

Fuqarolarni payshanba kuni: soat 9.00 dan 13.00 gacha qabul qiladi.

Maxmudov Sherali Xayitovich

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey ijrochi direktori

MEHNAT FAOLIYATI

1997-1998 yy.

Toshkеnt shahar “Poykеnt” advokatlar huquqiy korxonasi maslahatchisi

1998-1999 yy.

Toshkеnt shahar adliya boshqarmasining nazoratchisi

1999-2005 yy.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligining Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasining katta maslahatchisi, Xo‘jalik yurituvchi subеktlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi, Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi bosh maslahatchisi

2005-2007 yy.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligining Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i

2007-2009 yy.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvoni Tashkiliy-nazorat xizmat mukofotlar masalalari bo‘yicha sho‘basining еtakchi inspеktori

2009-2013 yy.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i

2015-2015 yy.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yuridik boshqarma Huquqiy taminot bo‘limi еtakchi mutaxassisi

2015-2018 yy.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yuridik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari-Huquqiy taminot bo‘limi boshlig‘i

2018-2018 yy.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yuridik dеpartamеnti dirеktori o‘rinbosari-Huquqiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i

2018-2021 yy.

Toshkеnt viloyati Zangiota tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

2021 y. — h.v

Toshkеnt viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Toshkеnt viloyati yuridik tеxnikumi dirеktori

Pirnazarov Abdurashid Abdulxayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

MEHNAT FAOLIYATI

2008-2009 yy. — Yangiyo‘l shahar Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshidagi Akademik liseyi ARM EHM dasturchisi

2009-2011 yy. — Toshkent viloyati Yangiyo‘l xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, tarix fani o‘qituvchisi

2011-2014 yy. — Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi Uchtepa tumani Ichki Ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limi profilaktika inspektori

2014-2015 yy. — Toshkent viloyati Yangiyo‘l kasb-hunar kolleji, bo‘lim mudiri

2015-2017 yy. — Toshkent viloyati Yangiyo‘l transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

2017-2022 yy.    — Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori

2022-y. h.v.    — Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Tursunov Mirsohib Mirvoxidovich

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey direktorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

MEHNAT FAOLIYATI

1983-1990 yy. -Toshkent davlat universiteti talabasi

1984-1986 yy. -Harbiy xizmatda

1990-1991 yy. -Toshkent shaxar Sergeli tuman Ijroiya qo‘mitasi reja bo‘limi, iqtisodchi

1991-1992 yy. -Toshkent shaxar Sergeli tuman Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi kichik ishbilarmon sohasidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish va koordinatsiyalash bo‘limi, boshliq muovini

1992-2000 yy. -Toshkent shaxar Sergeli tuman Davlat soliq inspeksiyasi soliq inspektori, katta soliq inspektori, bo‘lim boshlig‘i qrinbosari, bo‘lim boshlig‘i, boshliq muovini

2000-2002 yy. -Toshkent shaxar Xamza tuman Davlat soliq inspeksiyasi, boshliq muovini

2002-2002 yy. — O‘zmilliybank Ichki audit bosh boshqarmasi buxgalteriya hisobi auditi bo‘limi bank ichki operatsiyalari va soliqqa tortish auditi sho‘basi mudiri

2018-2019 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta maslahatchisi

2002-2004 yy. — O‘zmilliybank Nazorat-taftish bosh boshqarmasi buxgalteriya hisobini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

2004-2004 yy. — Toshkent shaxar Sergeli tuman Davlat soliq inspeksiyasi sho‘ba boshlig‘i

2004-2010 yy.  — Toshkent shaxar Davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarni muddati o‘tgan o‘zaro debitor qarzdorlikni nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i

2010-2012 yy. — “BILLUR SUV SERVIS” MChJda ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i

2012-2014 yy. — “KVARTAL TRADING” MChJda ishlab chiqarish bo‘limi menedjeri

2014-2016 yy. — “TAX OUTSOURCING” MChJda buxgalter-ekspert

2016-2017 yy. — “O‘zbekenergo” AJ “Energosotish” filiali Korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini monitoring qilish bo‘limi, iqtisodchi

2017-2018  yy. — O‘zmilliybank Banklararo hisob-kitob markazi soliqlar hisobini yuritish va soliqqa tortish bo‘limi, bosh mutaxassisi

2018-2019  yy. — O‘R Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari-bosh buxgalter o‘rinbosari

2020 -2021  yy. — Toshkent davlat yuridik universiteti, Litsey va kollejlar bilan ishlash bo‘limi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, TDYuU bosh auditori, TDYuU Uzluksiz ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi, uslubchi.

2021 y. – h.v. — Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey direktorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari