Asosiy kontentga o‘tish

Akademik litseyimizning iqtidorli o'quvchilaridan biri OTM o‘qishga kirish uchun 100 foizli grantni qo‘lga kiritdi.

Yangilik 10
Akademik litseyimizning iqtidorli o'quvchilaridan biri OTM o‘qishga kirish uchun 100 foizli grantni qo‘lga kiritdi.
Akademik litseyning 2-bosqich, 2-guruh o‘quvchisi Jamilova Ozoda Komilovna akademik litseyda o‘qish davri mobaynida o‘zining bilim va salohiyati tufayli quyidagi yutuqlarga erisha oldi: 🔹 IELTS — 8.0 (yuqori band score) 🔸 SAT — 1480 (xalqaro test natijasi) 🔹 O‘zbekiston tarixi — A+ (milliy sertifikat) 🔸 Huquq maktabi sertifikatlari — bir nechta muvaffaqiyatli yakunlangan kurslar 🔹 "Miss Yurist-2024" ko‘rik-tanlovi g‘olibasi 🔸 Ingliz tili fanidan: — Litsey bosqichida ikki yil ketma-ket 1-o‘rin — Toshkent shahar bosqichida 1- va 3-o‘rinlar 🔹 Asosiy olimpiada — Respublika bosqichida faxrli o'rin. 💯Ozoda Jamilova asosiy fanlar bo‘yicha olimpiada va xalqaro imtihonlarda erishgan natijalari tufayli Janubiy Koreyaning AJOU universiteti Toshkent filialiga 100 foizli grant asosida o‘qishga qabul qilindi! 🌟 Akademik litseyimiz o‘quvchilarining bu kabi yutuqlari bizlarni quvontiradi. Biz iqtidorli o'quvchilarimiz bilan faxrlanamiz!
Ulashish: Telegram Facebook